Yangi Zelandiyaning Gamilton shahridagi hayvonot bog‘i xodimasi yo‘lbars hujumi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hodisa 20-sentabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 11:00 da sodir bo‘ldi. “Afsuski, yo‘lbars hujum qilgan hayvonot bog‘i xodimasi voqea joyida halok bo‘ldi”, — deydi mahalliy politsiya vakili Juliyet Berjess.
Ma’lum qilinishicha, ayolga Oz laqabli erkak yo‘lbars hujum qilgan. Uning keyingi taqdiri surishtiruv ishlari yakunlangandan so‘ng hal etiladi. Hayvonot bog‘i 22-sentabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi.
Izoh (0)