Qirg‘izistonning Toshko‘mir shahrida olti yoshdagi ikki bola parlament saylovlarida qatnashayotgan mahalliy partiya banneri manzarasida selfiga tushishga urinib, yerga quladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bolalardan biri hodisa joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi omon qolgan, biroq mahalliy kasalxonada og‘ir ahvolda yotibdi.
“Ko‘plab og‘ir jarohatlar olgani munosabati bilan, shifokorlar bolaning qo‘lini kesib tashlashga majbur bo‘ldi”, — deydi FVV vakili.
Izoh (0)