Vengriya yana to‘rtta mintaqada favqulodda holat tartibini joriy etdi va bunday hududlar soni jami oltitaga yetdi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot kotibi Zoltan Kovach ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Oldinroq Vengriya Xorvatiya bilan chegarada muhojirlar oqimini to‘xtatish maqsadida devor o‘rnatishga kirishgan, shuningdek, yuzlab harbiylar va politsiyachilarni chegaraga jo‘natgandi. 16-sentabr, chorshanba kuni Ruminiya bilan chegarada ham 70 kilometrga cho‘zilgan devor qurilishiga tayyorgarlik boshlandi.
Vengriyada mamlakatga muhojirlar kelishini qiyinlashtiruvchi va ularni qo‘lga olishga imkon beruvchi migratsiyaga oid yangi qonunchilik ham kuchga kirdi.
Izoh (0)