Forbes Rossiyaning eng yirik xususiy kompaniyalari reytingini tuzib chiqdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Reytingda birinchi o‘rinni milliarder Vagit Alekperov asosiy aksiyadori bo‘lgan LUKOYL kompaniyasi egalladi. Uning daromadi 2014-yilda 4749,2 milliard rublni tashkil etgan.
Eng yirik kompaniyalar reytingining ikkinchi o‘rnini “Surgutneftegaz” kompaniyasi qo‘lga kiritdi. Kompaniya daromadi 890,57 milliard rublni tashkil etgan. Neft qazib olishning 12 foizi, qayta ishlashning yetti foizi uning ulushiga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi o‘rinni Sergey Galitskiy rahbarligidagi “Magnit” riteyleri egalladi. Yil davomida kompaniya daromadi 31,71 foizga o‘sib, 763,5 milliard rublni tashkil etgan.
Izoh (0)