AQSh prezidenti Barak Obama Kubaning Vashingtondagi elchisi Xose Ramon Kabanyasdan ishonch yorlig‘ini qabul qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Kabanyas 2012-yildan elchi etib tayinlanguniga qadar AQShdagi Kuba manfaatlari seksiyasiga rahbarlik qilgan.
Vashington o‘z navbatida AQShning Kubadagi elchisi nomini hozircha ma’lum qilmadi.
AQSh va Kuba yarim asrdan so‘ng 1-iyul kuni diplomatik munosabatlarni qayta tikladi. 20-iyul kuni Kubaning AQShdagi elchixonasi, 14-avgust kuni AQShning Kubadagi elchixonasi ochildi.
Izoh (0)