2015-yilning 18—20-sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston – AQSh jamoalari o‘rtasida Devis Kubogi doirasida Jahon bosqichiga saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. 17-sentabr kuni Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida mazkur uchrashuvga qur’a tashlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, 18-sentabr kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Stiv Jonsonga qarshi kortga chiqadi. Farrux Do‘stov esa Jek Sok bilan kuch sinashadi.
19-sentabr kuni juftliklar bahsi o‘tkaziladi. Istomin va Do‘stov dueti Jonson va Kuerri juftligiga qarshi kortga tushadi. 20-sentabr kuni Denis Istomin Jek Sok bilan, Farrux Do‘stov esa Stiv Jonson bilan bahs yuritadi.
Izoh (0)