AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 60-yillarda prezidentlar Jon Kennedi va Lindon Jonson uchun tayyorlagan kunlik maxfiy hisobotlarini chop etadi, deb xabar beradi Politico.
Bu esa birinchi shaxslarning Vyetnamdagi urush va Karib inqiroziga nisbatan qanday munosabatda bo‘lganligini bilish imkonini beradi.
2,5 mingta kunlik hisobotlarning nashri Texasning Ostin shahrida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi.
Oq Uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Ned Prays yirik ko‘lamdagi hujjatlarning oshkor etilishi Barak Obamaning xizmatlari evaziga bo‘layotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)