Joriy yilning oxiriga qadar bir vaqtning o‘zida bir necha ishlab chiqaruvchi 10 ta hisoblash yadrosiga ega ilk mobil protsessor — MediaTek Helio X20 bilan ta’minlangan smartfon va fabletlarni bozorga chiqaradi. Bu haqda “3dnews.ru” xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Xitoyning Xiaomi va Meizu, shuningdek, Tayvanning HTC kompaniyalari Helio X20 bazasidagi smartfonlarni chiqaradi. Taxminlarga ko‘ra, ular 10 yadroli chipga ega smartfonlarni tez orada — oktabrda omma e’tiboriga havola qiladi.
2016-yil boshida esa smartfonlar bozorida 10 yadroli yanada kuchliroq protsessor — Helio X30 asosida ishlaydigan qurilmalar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)