Google 13-sentabr, yakshanba kuni Hyundai Motors America kompaniyasining sobiq bosh direktori Jon Kravchik avtomobil bo‘linmasi rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. U o‘z-o‘zini boshqaradigan mashinalar va ularning dasturiy ta’minotini takomillashtirish masalalariga bosh-qosh bo‘ladi. Bu haqda “Tjournal.ru” xabar bermoqda.
Google vakillarining aytishicha, Kravchik boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatishda ham yordam beradi, chunki kompaniya o‘z-o‘zini boshqaradigan mashinalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Kravchik Hyundai Motors America kompaniyasida 2003-yildan beri ishlar (bungacha 14 yil davomida Ford kompaniyasida mehnat qilgan), 2008-yilda esa uning prezidenti va bosh direktori etib tayinlangandi. 2013-yilda u TrueCar kompaniyasiga boshchilik qilish va yangi texnologiyalar bilan shug‘ullanish maqsadida Hyundai’ni tark etgandi.
Izoh (0)