Qidiruvda bo‘lgan Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Ales Mixalevich mamlakatga kirishga urinish chog‘ida qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” Belarus Davlat chegara qo‘mitasi vakili Aleksandr Tishchenko ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Mixalevich qidiruvda bo‘lgan shaxs sifatida qo‘lga olindi. U Ichki ishlar vazirligiga topshiriladi”, — dedi Tishchenko.
2010-yilda Minskda yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng Mixalevich uy qamog‘ida ekanligiga qaramasdan, mamlakatni tark etishga muvaffaq bo‘lgan edi. Unga Chexiya siyosiy boshpana bergan edi.
Ta’kidlanishicha, u Vilnyus—Minsk poyezdi yo‘lovchilarini pasport nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qo‘lga olingan.
Izoh (0)