• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiya sohillarida jonsiz holda topilgan 3 yoshli suriyalik qochoqning surati dunyoni larzaga soldi (foto)

    Suriyalik uch yoshli Aylan Kurdiy va uning akasi — besh yoshli Galip 2-sentabr, chorshanba kuni Turkiyaning Bodrum shahridagi qirg‘oqbo‘yidan jonsiz holda topildi.

    Foto: mixnews.lv

    Foto: mixnews.lv

    Ular ota-onasi bilan urush domida bo‘lgan Suriyadan O‘rtayer dengizi orqali avval Gretsiyaga, u yerdan qarindoshlari yashaydigan Kanadaga yetib olmoqchi bo‘lgan, biroq yo‘lda bolalar onasi bilan birga halok bo‘lgan. Turkiyadan grek orollaridan biriga qarab harakatlanayotgan qayiqni katta to‘lqinlar ag‘darib yuborishi natijasida yana 14 kishi, jumladan yosh bolalar cho‘kib ketdi.

    Turkiyaning Bodrum shahrida to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan uch yoshli Aylan va uning besh yoshli akasi Galipning fotosuratlari dunyodagi barcha OAVlar e’tiboriga tushdi va dunyo hamjamiyatini larzaga keltirdi.

    Butun dunyo bo‘ylab rassomlar jonsiz holda sohilda yotgan Aylanning rasmini o‘ziga xos tarzda tasvirladi. Ularning ba’zilarini quyida ko‘rishingiz mumkin.

    Foto: Twitter / @kyeslam

    Foto: Twitter / @kyeslam

    Foto: Twitter / @Joyce_Karam

    Foto: Twitter / @Joyce_Karam

    Foto: Twitter / ‏@khalidalbaih

    Foto: Twitter / ‏@khalidalbaih

    Foto: Twitter / ‏@latteofmylife

    Foto: Twitter / ‏@latteofmylife

    Foto: Twitter / ‏@AzzamDaaboul

    Foto: Twitter / ‏@AzzamDaaboul

    Foto: Twitter / ‏@SteveDennis71

    Foto: Twitter / ‏@SteveDennis71

    Foto: Twitter / ‏@HopeSarout

    Foto: Twitter / ‏@HopeSarout

    Foto: Twitter / @AfjolUddin

    Foto: Twitter / @AfjolUddin

    Foto: Twitter / @theghaliatwal

    Foto: Twitter / @theghaliatwal

    Foto: Twitter / @ugurgallen

    Foto: Twitter / @ugurgallen

    Shuningdek, o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham voqea yuzasidan qizg‘in fikrlar bildirdi. Ulardan biri bor hislarini she’r orqali to‘kib sochdi:

    Sohildagi go‘dak nidosi

    Murg‘ak bu tanamga bo‘zlab yig‘lama,Ko‘ngilni g‘ashlama, yurak tig‘lama.Balki, yig‘la, ummat, ojizligingga,Bo‘zla, insoniyat, nochizligingga.

    Inson huquqidan so‘z ochma, bashar,Loaqal jim turgin, insonsan, agar.Nifoqu yolg‘onga to‘lgan, ey olam,Bir nafas sukut qil, so‘zlayin men ham.

    Dunyoga kelgandim, ko‘p vaqt bo‘lmadi,Balog‘atga hali yoshim to‘lmadi.Ota-onam bilan yashardim sokin,Sevardim, o‘pardim vatanim xokin.

    Men o‘ynab yurgandim mutlaq beozor,Hech kimga ko‘nglimda yo‘q edi g‘ubor.O‘zgalar oyog‘i bosh bo‘lmish bizga,O‘z qo‘limiz yetmas hattoki tizga.

    Aybimiz – qo‘rqarmish bizdan qo‘shnimiz,Semizroq ekandir yana qo‘zimiz.Banogoh uyimni tutdi bir olov,O‘tinlar xo‘p yonar, ko‘rinmas kosov.

    Bir-birin o‘mardi qadim qardoshlar,Qo‘l-oyoq uzildi, kesildi boshlar.Boshlarda aql yo‘q, ko‘z ko‘r, til soqov,Qo‘l-oyoq xiyorsiz, bir-biriga yov.

    Men olovdan qochib, cho‘kdim dengizga,Dunyoni tark etdim, odamlar, sizga.Dengiz ham vujudim yuta olmadi,Dardimni ummon ham ko‘tarolmadi.

    Suvining sho‘rligi ko‘zim yoshidan,To‘lqinlar yuragim yutgan toshidan.Bugun men yotibman sohilda sokin,Yuzlarim o‘parmish o‘zga yurt xokin.

    Ko‘z yoshimni dengiz yuvib yotibdi,Boshimni to‘lqinlar silab yotibdi.Mayli, jonsiz tanam ko‘rsin ham dunyo,Vijdonsiz nigohlar tushmasin ammo.

    Boshim silamasin, qilurman hazar,Zolimga uzalgan qo‘l bo‘lsa agar.Sovugan jasadim o‘pmangiz, zinhor,Haqqa ochilmagan labdan etgum or.

    Boqmang kimligimga, sabab so‘ramang,Bir inson farzandi inson deb qarang.Hali, ey insonlar, berasiz javob,Murg‘ak bu jonimdan so‘ralur hisob.

    Demangiz cho‘kmishdir jajji bir badan,Islomiy hamiyat, insonlik cho‘kkan.Jonim olib qochdim, borganim ajal,Qorningiz to‘qlikdan yorilgan mahal.

    Menku jannat sari uchdim qush bo‘lib,Qardoshlarim asrang, ketmasin o‘lib.Otam Ibrohimga yetishdim omon,Sizlarni kutmasin Fir’avnu Homon.

    Ko‘zni oching, qayting o‘zlingizga,Bo‘ldi, rasm chizmang ko‘zligingizga.Musulmon musulmon zulmidan qochsa,O‘zgalar unga o‘z eshigin ochsa,

    Arablar eshigin qoqmasa arab,O‘zga ostonada tursa mo‘ltirab,Ey Ummat, hayotdan kechganing yaxshi,Dengizlarga cho‘kib ketganing yaxshi!

    Husaynxon Yahyo Abdulmajid

    20.11.1436/04.09.2015

    05.09.2015, 08:52   Izoh (0)   145522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suriyada o‘limi butun dunyoni larzaga solgan ikki yosh bola dafn etildi

    05.09.2015, 08:47

    Putin Xakasiyada Murka laqabli mushuk bilan suratga tushdi

    05.09.2015, 08:17

    Ukrainadagi bolalarning 86 foizi poliomiyelitga qarshi emlanishi lozimligi aytilmoqda

    05.09.2015, 08:16

    AQSh ma’murlari amerikalik diplomatlar va harbiylarning oilalariga Turkiyani tark etishni taklif qildi

    05.09.2015, 08:09

    Janubiy Qozog‘istondagi to‘yda ro‘y bergan otishmada 26 yoshli qiz halok bo‘ldi

    05.09.2015, 08:05

    Isroillik quruvchilar Qadimgi Rim tobutini o‘g‘irladi

    04.09.2015, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Shakarsiz gazlangan ichimliklar infarktni keltirib chiqarishi mumkin” — shifokor

    Maslahatlar | 30 iyun, 17:30

    Kanada AQSH bilan savdo aloqasini tiklash uchun raqamli xizmatlar solig‘idan voz kechdi

    Dunyo | 30 iyun, 17:20

    UzAutoMotors daromadi keskin kamaydi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 17:07

    Qrimda harbiy texnikani suratga olgan ikki rossiyalik qo‘lga olindi

    Dunyo | 30 iyun, 17:00

    Shavkat Mirziyoyev yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:59

    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

    Reklama | 30 iyun, 15:00

    Denovda YTHga uchragan sud raisi 5 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:55

    Bollivud aktrisasi Shefali Jarivala “yoshartiruvchi” ukol olganidan so‘ng vafot etdi

    Layfstayl | 30 iyun, 16:50

    O‘zbekistonda zargarlik sohasidagi tadbirkorlarga imtiyozlar berildi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:41

    Xitoy Yaponiyadan dengiz mahsulotlarini sotib olishni tiklaydi

    Dunyo | 30 iyun, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.