Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xakasiyaning Krasnopolye qishlog‘idagi qurilish maydoniga tashrif buyurdi, u yerda shu yilning aprelida tabiiy yong‘inlardan zarar ko‘rgan respublika fuqarolari uchun uylar qurish ishlari yakunlanmoqda, deb yozadi Kreml rasmiy sayti. Uy-joyni ko‘rish chog‘ida davlat rahbari mahalliy mushuk bilan suratga tushdi.
Putin qurib bitkazilgan uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirdi, shuningdek, mahalliy aholi bilan suhbatlashdi. Oilalardan birining uyiga kirib, prezident xonalarni ko‘zdan kechirdi, u yerda Murka laqabli mushukni ko‘rib qoldi, uni qo‘liga olib, siladi.
Izoh (0)