Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi to‘yda ro‘y bergan otishmada yosh qiz halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” xabar bermoqda.
Sayram tumanidagi Mankent qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan to‘yda mehmonlardan biri ov qurolidan o‘q uzib, kelin-kuyovni qutlamoqchi bo‘lgan. Birinchi o‘q havoga uchgan, ikkinchisidan esa besh kishi, jumladan, ikki nafar bola yaralangan.
Jarohat olganlardan to‘rt kishi og‘ir holatda kasalxonada yotibdi, 26 yashar qiz esa o‘ziga kelmay, hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)