Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Kuala-Lumpurdagi hukumatga qarshi namoyish qatnashchilari mamlakat aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotganini ta’kidladi. “Ular 20 ming kishini ham to‘plashi mumkin, ammo ko‘pchilik malayziyaliklar hukumat tarafdorlari”, — deya ma’lum qildi bosh vazir hududlarni rivojlantirish federal agentligi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag‘ishlangan marosimda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kuala-Lumpurda bir necha kundan beri hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda va ularda asosan hisob raqamida yirik miqdordagi mablag‘ aniqlanganligi tufayli siyosiy mojarolar markazida qolgan Najib Razzoq sha’niga tanqid yangramoqda. Qatnashchilar safida mamlakatning sobiq bosh vaziri, 90 yoshli Maxatxir Muhammad ham bo‘lgan. U Razzoqni iste’fo berishga, parlamentda esa hukumatga ishonchsizlik bildirishga chaqirdi.
Izoh (0)