Qo‘rqinchli filmlar janri ustasi Ues Kreyven 77 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi. Hollywood Reporter’ning xabar berishicha, u miya saratonidan aziyat chekayotgan edi.
Kreyven 1939-yil 2-avgust kuni Ogayo shtatida tug‘ilgan. Kinoda 1971-yili “Birgalikda” filmi bilan debyut qilgan, mazkur film ustida u rejissor Shon Kanningem bilan birga ishlagan.
Rejissor o‘z faoliyati davomida 30 ga yaqin film, xususan, “Qichqiriq” va “Qayrag‘ochlar ko‘chasidagi dahshat” kartinalarini suratga olgan.
Izoh (0)