Ussuri daryosi orqali Rossiyadan Xitoyga suzib o‘tgan qora ayiqcha Xeylunszyan (Heilongjiang) viloyatidagi kichik shaharchada vahimaga sabab bo‘ldi. “Crienglish.com” xabariga ko‘ra, ayiq shahar xiyoboniga kirib olgan, u yerdan esa qo‘rquvga tushib qolgan odamlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Baqir-chaqirdan jonivorning o‘zi ham qo‘rqib ketib, binolardan birining ichiga yashirinib olgan. Biroq uni topishga muvaffaq bo‘lishgan — og‘irligi 50 kilogramm bo‘lgan ayiqcha uxlatilib, so‘ng o‘rmonga qo‘yib yuborilgan.
Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, bu Rossiyadagi ayiqlarning chegarani kechib o‘tib, Xitoyga kirib kelishi bilan bog‘liq 20-avgustdan beri kuzatilgan to‘rtinchi holatdir.
Izoh (0)