Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vaziri Dmitriy Medvedev 30-avgust kuni tongda Sochidagi Bocharov Ruchey qarorgohida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullandi, shuningdek, birgalikda nonushta qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiya davlati rahbari va hukumati raisi yakshanba tongini qarorgoh sportzalida yengil mashqlar bilan boshlab, so‘ng trenajyor zalida shug‘ullandi.
Mashg‘ulotlardan so‘ng Putin va Medvedev ochiq ayvonda nonushta qildi, e’tiborli tomoni, ular taomlarning bir qismini mustaqil ravishda tayyorladi — prezident va bosh vazir barbekyuda go‘sht pishirdi.
Choyxo‘rlik bilan yakuniga yetgan nonushta ustida Rossiyaning birinchi raqamli shaxslari bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Izoh (0)