Namangan viloyati hududida behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etishning oldini olishga qaratilgan reydlar o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati.
Behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi mazmundagi mahsulotlarni tarqatish, namoyish etish va sotish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh xodimlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan reydlar natijasida joriy yilning 7 oyi davomida jami 35 dan ortiq holatlar aniqlanib, ularda 4 ta kompyuter to‘plami, 24 dona uyali telefon hamda kontrafakt usulda tayyorlangan 15 mingdan ortiq DVD disklari olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ushbu shaxslarga nisbatan ma’muriy tartibda jazo qo‘llanildi.
Bundan tashqari, behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi mazmundagi mahsulotlarni tarqatish, namoyish etish va sotish bo‘yicha 2 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)