Toshkent shahrida o‘n to‘qqizta umumta’lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab-internati kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
—Poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda,—deydi Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi sektor mudiri Ergash Magdiyev. — Bu boradagi sa’y-harakatlar samarasida maktablar butunlay yangi qiyofa kasb etmoqda. Ular Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi o‘g‘il-qizlar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.
Izoh (0)