Fransiya poytaxtida bolalar va o‘smirlarning “Parij, seni sevaman!” XXIII xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Theatre Le Palace sahnasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yuzdan ortiq yosh iste’dod sohiblari ishtirok etdi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Toshkentlik Aleksandra Rudskix va Milana Pak “Vokal ijrochiligi” yo‘nalishida tanlovda g‘olib chiqdi. Shuningdek, Milana festivalning eng yosh qatnashchisi sifatida ham e’tirof etildi.
Izoh (0)