Rossiyalik aktrisa Kristina Asmus "Chempionlar: Tezroq. Balandroq. Kuchliroq" nomli yangi filmda sport gimnastikasi bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Svetlana Xorkinani gavdalantiradi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Uning bu rolga tasdiqlanishi bejiz emas: Asmus ham bolaligida gimnastika bilan shug‘ullangan va “sport ustaligiga nomzod” unvoniga ega. Shu bois aktrisa suratga olish maydonidagi barcha jarayonlarda o‘zi ishtirok etishga qaror qildi va buning uchun kuniga bir necha soat mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
“Sport gimnastikasiga 10 yil umrimni berdim. Svetlana Xorkinani o‘ynayotganimdan faxrlanaman, chunki unga doim qoyil qolib kelganman”, – deya ta’kidlagan Asmus.
Izoh (0)