Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 27-avgust kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo mamlakatlar bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Inform.kz” xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Hamdo‘stlik mamlakatlari bosh prokuraturalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ish tajribasi, transportda qonun va tartibni o‘rnatishda prokuror nazoratini o‘rnatish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni ta’minlash, ekstremistik va terrorchilik ko‘rinishlariga qarshi kurash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, 2014-yilgi jinoyatchilik holati, tergov ishlari, prokurorlik faoliyati, MDHga a’zo mamlakatlarda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro kelishuvlarning bajarilishi amaliyoti bilan bog‘liq ma’lumotlar ham tahlil qilinadi.
Izoh (0)