Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan viloyatida yuz bergan ko‘chki natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa Venshan-Myao-Chjuan muxtor okrugining Funin uyezdida yuz bergan. Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chki natijasida avtomobil yo‘lining 150 metrga yaqin qismi qulagan.
Favqulodda holat yuz bergan joyda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan, unda 200 dan ortiq qutqaruvchi va 11 ekskavator qatnashmoqda.
Izoh (0)