Osiyo mamlakatlari milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi rahbari, Kuvayt shayxi Ahmad as-Saboh Yoqutistonning oliy mukofoti — “Qutb yulduzi” ordeni bilan mukofotlandi. “Kommersant.ru” xabariga ko‘ra, shayx butun dunyo bo‘ylab “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun mazkur mukofot bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, shayx jahon bo‘ylab olimpiya harakatini targ‘ib etgani uchun Shimoli-Sharqiy federal universitetning faxriy professoriga aylandi. O‘z navbatida, shayx Ahmad as-Saboh Yoqutiston rahbari Yegor Borisovga Osiyo Olimpiya qo‘mitasining oliy sovrini — oltin nishonni topshirdi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Osiyo mamlakatlari milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi bayrog‘i ostida tashkil etiladigan“Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari ilk bor 1996-yili Yoqutistonda bo‘lib o‘tgan. 23-avgust, yakshanba kuni “Osiyo bolalari-2020” musobaqalarini Kuvaytda o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.
Izoh (0)