O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 21-avgust kuni imzolangan qonunga binoan, me’yoriy hujjatlardagi kichik tadbirkorlik subyektlari – mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar va kredit byurolari muhrga ega bo‘lishi majburiyligi to‘g‘risidagi bandlar o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Endilikda hujjatlarda muhr bo‘lishi majburiyligi to‘g‘risidagi talab u mavjud bo‘lgan taqdirida qo‘yilishi lozimligiga o‘zgartirildi.
Shunday qilib, kichik tadbirkorlik subyektlari uchun endi muhrga ega bo‘lish majburiy emas, ammo ular muhrga ega bo‘lishga haqli.
Izoh (0)