Rotenberglar oilasi Forbes’dagi Rossiyaning eng boy oilasi nomidan mahrum bo‘ldi, deb xabar beradi RBC.
Boris va Arkadiy Rotenberglar AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandan so‘ng, peshqadamlikni qo‘ldan chiqardi.
Forbes ro‘yxatining uch nafar ishtirokchisini o‘z ichiga oluvchi Rotenberglar oilasi – Arkadiy Rotenberg (ro‘yxatning 60-o‘rni), uning o‘g‘li Igor Rotenberg (166-o‘rin) va akasi Boris Rotenberg (99-o‘rin) – bir yil ichida Rossiyaning eng boy oilalari ro‘yxatidagi birinchilikdan ayrildi.
Forbes’ning ma’lum qilishicha, Arkadiy, Boris va Igor Rotenberglarning umumiy boyligi bir yilda 2,95 milliard dollarga qisqardi. O‘tgan yili ularning oilaviy davlati 5,55 milliard dollarga baholangan edi.
Izoh (0)