• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Prezidentlar qanday smartfondan foydalanadi?

    AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan olib borilgan global kuzatuv ko‘plab davlat arboblarining mobil gadjetlarga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. “Gazeta.ru” tomonidan tayyorlangan quyidagi maqolada jahon davlatlari yetakchilari qanday smartfonlardan foydalanishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

    Foto: gazeta.ru

    Foto: gazeta.ru

    BlackBerry2013-yili Germaniya kansleri Angela Merkelning smartfoniga buzib kirilgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, uning ma’muriyati o‘z iPhone’larini tizimli ravishda BlackBerry’ning Z10s modeliga almashtirdi. Germaniya hukumati tomonidan bir donasining narxi 2,5 ming yevro bo‘lgan 5 mingta BlackBerry Z10s sotib olindi — ularning bari 256 bitli shifrlash va xabarlarni xavfsiz uzatish funksiyasi, shuningdek, qo‘shimcha himoya vositalariga ega maxsus micro-SD karta bilan ta’minlangan edi.

    BlackBerry Z10s — Germaniya hukumati smartfoni. Foto: gazeta.ru

    BlackBerry Z10s — Germaniya hukumati smartfoni. Foto: gazeta.ru

    Biroq Merkelning o‘zi to‘liq ko‘rinishdagi QWERTY-klaviaturaga ega BlackBerry Q10 modelini tanladi. Mazkur smartfon ham yaxshi himoyalangan va axborotlarni maxsus ichki VPN-ulanish orqali uzatadi.

    BlackBerry Q10’dan Merkel va Obama foydalanadi. Foto: gazeta.ru

    BlackBerry Q10’dan Merkel va Obama foydalanadi. Foto: gazeta.ru

    Barak Obama smartfondan foydalanish uchun Maxsus xizmatlar ruxsatnomasini olgan ilk AQSh prezidenti hisoblanadi va u ham BlackBerry’ni tanlagan. Obama ikkita — BlackBerry Curve 8900 va BlackBerry Q10 smartfonlaridan foydalanadi, ayni vaqtda unga iPhone’dan foydalanish qat’iy taqiqlangan. Shunga qaramay, AQSh prezidenti Apple mahsulotlari ixlosmandidir, uning iPad plansheti va MacBook noutbuki bor.

    Navaz Sharif ham BlackBerry’dan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Foto: gazeta.ru

    Navaz Sharif ham BlackBerry’dan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Foto: gazeta.ru

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va uning pokistonlik hamkasbi Navaz Sharif ham BlackBerry’dan foydalanishni ma’qul ko‘radi.

    Mahalliy mahsulotni qo‘llab-quvvatlovchilarEdvard Snouden AQSh maxsus xizmatlari Fransiya prezidentlari Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Ollandning telefon suhbatlarini tinglab borgani haqidagi axborotni oshkor qilganidan so‘ng, Fransiya hukumati mudofaa sohasida ishlovchi Thales kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Teorem — yuqori darajada himoyalangan, harbiy kriptografiyali mobil telefonlaridan 14 ming dona sotib oldi. Mazkur telefonlardan muhim hukumat qo‘ng‘iroqlaridan foydalanadi, odatiy hayotida esa Fransua Olland iPhone 5s ishlatadi.

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘zining tan olishicha, smartfonlardan foydalanmaydi, biroq u har doim mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. 2012-yili Putin omma oldida MTSning “Glonass 945” Android-smartfoni bilan paydo bo‘lgandi, 2014-yil oxirida esa prezidentga YotaPhone 2 taqdim etildi, u esa bu qurilmani Xitoy rahbari Si Szinpinga sovg‘a qilgandi.

    Szinpinning o‘zi qanday smartfondan foydalanishi ma’lum emas, biroq uning turmush o‘rtog‘i omma oldida iPhone 5 smartfoni bilan chiqish qilgan.

    Dmitriy Medvedev va uning gadjetlariRossiyaning texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha eng ilg‘or siyosiy arbobi hisoblangan Dmitriy Medvedev iPhone 4’ni bevosita Stiv Jobsning qo‘lidan qabul qilib olgan, 2011-yildan beri iPad’dan foydalanadi. Rossiya bosh vaziri keyinchalik Samsung Galaxy S4 va iPhone 5 ishlatdi. Hozir esa u iPhone 6’dan foydalanadi. Shuningdek, u Apple Watch soatlari bilan omma oldiga chiqish qilgan dastlabki mashhur shaxslardan biri bo‘lgandi.

    Dmitriy Medvedevning iPhone 6’da olgan yangi selfilaridan biri. Foto: gazeta.ru

    Dmitriy Medvedevning iPhone 6’da olgan yangi selfilaridan biri. Foto: gazeta.ru

    E’tiborli tomoni, Rossiya maxsus xizmatlari mamlakat amaldorlariga Apple mahsulotlaridan foydalanishni tavsiya etmaydi, chunki bu qurilmalar rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Rossiya hududida saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emas.

    HTC va LumiaAksariyat odamlar “Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In umuman mobil telefonlardan foydalanmasa kerak”, degan gumonga ham borgan bo‘lishi mumkin. Biroq suratlarning birida KXDR rahbari oldida qora, ko‘p jihatdan HTC’ni yodga soladigan smartfon turganini ko‘rish mumkin. Aftidan, Tayvan kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanish Koreya Mehnat partiyasi yetakchisining e’tiqodiga zid kelmaydi.

    Kim Chen In HTC’ni tanlaydi. Foto: gazeta.ru

    Kim Chen In HTC’ni tanlaydi. Foto: gazeta.ru

    Jahon yetakchilari ma’qul ko‘radigan smartfonlar orasida Nokia/Microsoft mahsulotlari ham bor. Xususan, Rim papasi Fransisk katta diniy marosimlarni Lumia 900 smartfoni yordamida suratga tushirgan.

    Rim papasi Fransisk Lumia 900’da surat olishga uyalmaydi. Foto: gazeta.ru

    Rim papasi Fransisk Lumia 900’da surat olishga uyalmaydi. Foto: gazeta.ru

    Tailandning 28-bosh vaziri va ushbu lavozimni egallagan ilk ayol hisoblangan Yinglak Chinnavat esa bir vaqtning o‘zida beshta smartfondan foydalanardi, ulardan biri Lumia 920 qurilmasi edi.

    20.08.2015, 09:25   Izoh (0)   45726
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xakerlar xiyonatkorlar uchun mo‘ljallangan saytning 32 million foydalanuvchisi haqidagi axborotni chop etdi

    19.08.2015, 20:41

    Toshkentda Huawei P8 smartfoni 2,1 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

    19.08.2015, 13:29

    Samsung yangi Galaxy O smartfonlar oilasini taqdimotga tayyorlamoqda

    19.08.2015, 08:56

    Davlat test markazi sayti O‘zbekiston saytlari reytingida birinchi o‘ringa chiqdi

    17.08.2015, 11:10

    Xitoy hukumati Tyanszindagi portlash haqida mish-mish tarqatgan 50 saytni blok qildi

    16.08.2015, 12:28

    To‘satdan ulangan Siri dasturi egasining hayotini saqlab qoldi

    15.08.2015, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo fuqarolari ham bor: “FSB” urush boshlanganidan beri salkam 70 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 13 avgust, 17:30

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30

    “Avatar: Olov va Kul” filmi haqida nimalar ma’lum: yangi qabilalar va yulduzlar tarkibi

    Kino | 13 avgust, 17:13

    Qibrayda daraxtlar kesildi: tuman hokimligi va Ekologiya boshqarmasi ikki xil munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:55

    Yerning bir qismi sovib ketmoqda. Olimlar sababini ochiqladi

    Dunyo | 13 avgust, 16:40

    Bekhem, Ouen, Bellingem va Trent Aleksander-Arnold. “Real” safida to‘p surgan angliyalik futbolchilar

    Futbol | 13 avgust, 16:37

    Kremniy vodiysi “aqlli” avlod yaratishga 50 ming dollargacha sarflamoqda — WSJ

    Dunyo | 13 avgust, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.