Tyanszin port shahridagi xavfli moddalar saqlanadigan omborda 12-avgust, chorshanba kuni yuzaga kelgan kuchli portlash qurbonlari soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, bugun favqulodda holat yuz bergan joyda besh kishining jasadi topildi, bir kishi qutqarildi.
14-avgust tongida qutqaruvchilar uyumlarning ostidan tirik qolgan 19 yoshli o‘t o‘chiruvchini topdi.
Izoh (0)