AQSh davlat kotibi Jon Kerri Kubada yaqinda ochilgan Amerika elchixonasi bayrog‘ini ko‘tarish marosimida ishtirok etadi. Bu tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tiklanishi jarayonini yakunlab beradi. Bu haqda “Korrespodent.net” xabar bermoqda.
Kerri 1945-yildan beri orolga tashrif buyurgan ilk davlat kotibi bo‘ladi. Uning tashrif dasturi ikki katta qismga bo‘lingan: birinchisi bevosita bayroq ko‘tarish marosimidagi ishtirok bo‘lsa, ikkinchisi Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges bilan muzokaralardir.
Davlat rahbari Raul Kastro bilan uchrashuv ko‘zda tutilmagan.
Izoh (0)