AQShning Aptos shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 100 ming dollardan iborat turnirning asosiy to‘r bahslari boshlandi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov ham ishtirok etmoqda.
Do‘stov ilk davrada saralash bahsi g‘oliblaridan biri amerikalik Tennis Sandgrenga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki setni 1:6 hisobida boy bergan Farrux keyingi ikkita setda 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi Do‘stov ikkinchi davrada Taro Daniel bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)