Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy bahslarda ham munosib ishtirok etib, bronza medali sovrindori bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoaviy bellashuvlarda Arslonbek Tojiyev, Behruz Omondavlatov, G‘olibjon Sulaymonov, Jasur Sodiqov, Sherxon To‘raboyev, Olovuddin Jo‘raqulov va Shohrux To‘rayevdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Jazoir, Vengriya va Fransiya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionatida, shuningdek, Diyora Keldiyorova (-48 kg) oltin, Jasur Sodiqov (-73 kg) va Sherxon To‘raboyev (-81 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)