Ruzayevka hududidagi Kuybishev temir yo‘lida favqulodda hodisa yuz berdi. Yekaterinburg—Adler yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdning to‘rtta vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar beradi.
Natijada bir nafar ayol kasalxonaga joylashtirildi, yana to‘rt kishiga ambulatoriya sharoitida yordam ko‘rsatildi.
Halokat sababi temiryo‘l relsi qismlarining o‘g‘irlab ketilganligi bo‘lishi mumkin. Ag‘darilib ketgan vagonlarning yo‘lovchilari yaqin atrofdagi stansiyaga yetkazildi, ular sayohatini boshqa poyezdda davom ettirishi mumkin.
Izoh (0)