Tojikiston va Qirg‘iziston tomoni chegara nizolari bo‘yicha muzokaralarni yakunladi va qo‘shni mamlakatlar qishloqlari aholisi o‘rtasidagi tortishuvlarga barham berdi, deya xabar qiladi “RIA Novosti” muzokaralarda qatnashgan manbasiga tayanib.
Nizo maishiy asosda kelib chiqqan: Qirg‘izistonning Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi tojik qishloqlari suv ichadigan kanal o‘zanini yopib qo‘ygan. Bunga javoban, Tojikistonning Somoniyon qishlog‘i fuqarolari qirg‘izlarning qabristoniga boriladigan yo‘lning Tojikiston hududidan o‘tgan qismini yopib qo‘ygan. Shundan so‘ng nizo keskin tus olib, tomonlar avval bir-biriga tosh ota boshlagan bo‘lsa, keyinroq ov miltig‘i va “Molotov kokteyllari”dan foydalana boshlagan. Natijada 6 nafar tojikistonlik yaralangan.
Muzokaralar chog‘ida Tojikiston fuqarolari yopib qo‘ygan, qirg‘izlar qabristoniga olib boruvchi yo‘lni ochish va qirg‘izlar tomonidan yopib qo‘yilgan vodoprovod tarmog‘ini qurish ishlarini qayta boshlash haqida qaror qabul qilindi.
Izoh (0)