Riga tuman sudi Latviya temir yo‘llarining sobiq prezidenti Ugis Magonisni hibsga oldi, deb xabar beradi “Lsm.lv”.
8-avgust kuni Ugisni ushlab turish muddatining tugashi munosabati bilan sud uni garov evaziga qo‘yib yuborishni rad etdi.
Diena nashrining ma’lum qilishicha, Magonis 500 ming yevro miqdorida pora olganlikda gumon qilinmoqda. Bu pullar evaziga u go‘yoki Skinest kompaniyasi bilan to‘rtta ishlatilgan lokomotivni sotib olish yuzasidan shartnoma tuzgan.
Magonis 6-avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi tomonidan qo‘lga olinib, 7-avgust kuni lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh (0)