Ukraina Bosh prokuraturasi davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrida 6-avgust kuni Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga nisbatan chiqarilgan chaqiruv qog‘ozini chop etdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Unga ko‘ra, Yanukovich Bosh prokuraturaga 11-avgust kuni 11:00 ga chaqirilgan.
Sobiq prezident jinoyat ishi bo‘yicha tergov va boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilishi uchun bo‘lim boshlig‘i Yuriy Bezshchasniyga uchrashi kerak.
Izoh (0)