Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoning jamoatchilik orasidagi obro‘si 2012-yili prezident etib saylanganidan beri eng past ko‘rsatkichga tushdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

“Islohot” gazetasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining faqat 34 foizi davlat rahbarining faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda, 64 foizi esa prezidentdan mamnun emas.

Ma’lumot uchun, Meksika prezidenti olti yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas.

Qayd etishlaricha, Pakana laqabli narkobaron — Xoakin Gusmanning 12-iyulga o‘tar kechasi Mexiko shtatidagi eng qattiq tartibli “Altiplano” qamoqxonasidan qochib ketgani Penya Nyetoning obro‘siga jiddiy zarba berdi.

“Sinaloa” narkokarteli rahbari hisoblangan Pakana 10 metr chuqurlikda qazilgan 1,5 kilometrlik tunnel orqali o‘z kamerasidan qochib chiqqan. Ijtimoiy so‘rov qatnashchilarining 87 foizi fikricha, Pakananing qochishiga qamoqxona xodimlari yordam bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi