Nufuzi jihatidan Chempionlar ligasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turuvchi Yevropa ligasida uchinchi saralash bosqich ilk uchrashuvlari boshlanmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Odil Ahmedov va Sanjar Tursunov aynan bugun, 30-iyul kunidagi o‘yinlarda o‘z klublari safida maydonga tushadi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar bermoqda.
Ahmedovning “Krasnodar” jamoasi uchun Slovakiyaning “Slovan” klubi bilan bugun o‘tkaziladigan uchrashuv joriy Yevrokubok mavsumidagi ilk o‘yin bo‘ladi. Sanjar Tursunovning “Vorskla” klubi ham bu bosqichda Slovakiyaning yana bir jamoasi — “Jilina” mehmoni bo‘ladi.
Izoh (0)