Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida ikkita Boeing yo‘lovchi samolyotiga yashin urishi natijasida zarar yetdi, deb xabar beradi RBC.
Birinchi hodisa 27-iyul, dushanba kuni Moskva vaqti bilan 10:00 ga yaqin sodir bo‘ldi. Yangi Urengoyga uchayotgan Boeing 737 samolyotining ekipaji yashin urish xavfi haqida xabardor bo‘lsa-da, parvozni davom ettirish haqida qaror qabul qildi. Samolyot Yangi Urengoy aeroportiga qo‘ngandan so‘ng, muhandislar korpusning dum qismida erigan parchalarni aniqladi.
Yana bir Boeing 737 samolyotiga ham o‘sha kuni Moskva vaqti bilan 23:30 ga yaqin zarar yetdi. Kiprdan qaytib kelayotgan samolyotni Sheremetyevo aeroportiga kirish chog‘ida yashin urdi.
Ekipaj a’zolari va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)