O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartishlar kiritish haqidagi buyrug‘i qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”.
Endi xorijiy fuqarolar maktabga o‘qishga kirishi uchun bola ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali belgilangan vakillarning bolani maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasini taqdim etishi mumkin.
Qayd etilishicha, avval buning uchun faqatgina ota-onaning arizasi qabul qilingan. Shuningdek, hujjatga boshqa qator o‘zgartishlar kiritilgan.
Izoh (0)