Mitsubishi Motors korporatsiyasi AQShda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatib, o‘z e’tiborini o‘sib borayotgan Osiyo bozoriga qaratish niyatida. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei agetligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ushbu ma’lumot AQShda Mitsubishi mashinalariga ehtiyoj pasayib borayotgan paytda va kompaniyaning Illinoysdagi yagona zavodi bilan ishlab chiqarish shartnomasi muddati yakunlanishidan avval paydo bo‘ldi. Mitsubishi Motors North America vakili kompaniya Nikkei xabarini izohlamasligini ma’lum qildi.
Aytishlaricha, 2000-yillarda Illinoysdagi zavod yiliga 200 mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqargan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 70 mingga ham yetmagan.
Nikkei manbalariga ko‘ra, Mitsubishi zavodni sotish va korxonadagi mingga yaqin ishchi-xodim bandligini ta’minlash masalasini hal etishga urinib ko‘radi.
Izoh (0)