Hindistonning Panjob shtatida avtobus va politsiya uchastkasiga hujum uyushtirgan jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya yakunlandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hindiston ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida 11 kishi, jumladan besh politsiyachi, uch fuqaro va uch bosqinchi halok bo‘lgan.
Nashr eslatishicha, 27-iyul, dushanba kuni ertalab uch nafar qurolli shaxs Pokiston bilan chegara yaqinidagi Dinanagar shahrida avtobusga, so‘ng politsiya uchastkasiga hujum qilgan edi. Hindiston hukumati chegaradagi nazoratni, shuningdek, Uttar-Pradesh shtati va poytaxt Nyu-Dehlida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Izoh (0)