Gruziya aksilkorrupsiya qonuniga kiritilgan o‘zgarishlarga binoan, davlat xizmatchilariga bir yilda beriladigan sovg‘alarning umumiy qiymati 2000 lari (taxminan 900 dollar) dan oshmasligi zarur, deb xabar bermoqda “Gruziya-Online”.
Shuningdek, bitta alohida sovg‘aning qiymati 1000 laridan oshmasligi kerak. Amaldagi qonunchilikka binoan, gruziyalik amaldorlar o‘zlarining yillik daromadining 15 foizlik qiymatidan oshadigan sovg‘alarni olishi mumkin emas, alohida bitta sovg‘aning qiymati esa daromadning 5 foizidan oshmasligi lozim edi.
Gruziyada 2004-yildan buyon korrupsiyaga qarshi keng kurash kampaniyasi e’lon qilingan bo‘lib, mamlakatning bosh vazir Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hozirgi rahbariyati ham davlat organlari va amaldorlar faoliyati shaffofligini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashini aytib keladi.
Izoh (0)