“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Koreyaning INZI AMT Co., Ltd. kompaniyasi avtomobil sanoati uchun alyuminiy qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona UZAUTO-INZI mas’uliyati cheklangan jamiyatiga asos soldi. Bu haqda “UzDaily.uz” xabar beradi.
Qo‘shma korxonaning ustav kapitali 10 million dollarni tashkil etib, unda “O‘zavtosanoat” AK va INZI AMT Co., Ltd. kompaniyasi teng miqdordagi ulushga ega.
Yangi korxona alyuminiy qismlarni bosim ostida yuqori aniqlikda quyish usuli bo‘yicha ishlab chiqargan mahsulotlarini 2017-yilning 1-yanvaridan chiqara boshlashi kutilmoqda.
Qo‘shma korxona General Motors Powertrain Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati yaqinida joylashadi. Zavod qurilishi uchun O‘zbekiston hukumati 6,9 gektar yer maydoni ajratadi. Shundan 5,3 gektari General Motors Powertrain Uzbekistan AJ hududiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)