Bavariyaning Garmish-Partenkirxen shahri yaqinidagi Alp tog‘larida o‘quv mashg‘uloti o‘tayotgan Germaniya armiyasining 16 nafar harbiy xizmatchisi yashin urishi natijasida jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yuzga yaqin harbiylar chodirlardan iborat shaharchani qurayotganda jala boshlangan. Yashin urishi natijasida jabrlangan uch kishi kasalxonaga yetkazildi, qolganlariga o‘sha joyning o‘zida yordam ko‘rsatildi.
Hodisa joyiga 17 ta tez yordam mashinasi yetib keldi. Shuningdek, qutqaruv xizmati vertolyotlari ham jalb qilindi.
Izoh (0)