Chevrolet kompaniyasi model lineykasida ixcham Equinox krossoveri va to‘liq hajmdagi Traverse krossoveri o‘rtasidagi joyni egallovchi yangi krossover chiqarmoqchi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”.
Yangi avtomobil bozorga 2017-yilning ikkinchi yarmida chiqishi mumkin. U Traverse’ning qisqartirilgan versiyasi ko‘rinishida bo‘lib, o‘tirg‘ichlarning uchinchi qatoriga ham ega bo‘ladi.
Yangi o‘rta hajmdagi Chevrolet krossoveri Ford Edge, Toyota Highlander, Honda Pilot, Nissan Murano, Jeep Grand Cherokee va Hyundai Santa Fe Sport’ga raqobatchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)