“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda modellar safini kengaytirish uchun qo‘shimcha zavod qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “Pravda Vostoka” gazetasi.
Rejalashtirilgan loyihalarning asosiy qismi GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi modeldagi avtomobillar uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ekspertlari prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining yengil avtomobillar bilan ta’minlanganlik darajasi 2025-yilga kelib, naq ikki marta o‘sadi. O‘n yildayoq O‘zbekiston aholisining har ming nafariga 132 ta avtomashina to‘g‘ri keladigan bo‘ladi, ayni paytda esa ushbu ko‘rsatkich har ming kishiga 67 ta avtomobilni tashkil etadi.
Izoh (0)