• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Yer yuzidagi eng xunuk avtomobillar o‘nligi (foto)

    Odatda birgina nigoh tashlash bilan qarshingizdagi avtomobil orzularingiz ro‘yobimi yoki tushingizda ham sizni bosinqirashga majbur etadigan nusxami, farqlash unchalik qiyin emas. Keling, dunyo avtodizaynerlarining ensani qotiradigan ijod namunalarini eslab ko‘raylik. Bu borada bizga “Auto.tsn.ua” portali yordam beradi.

    1. Pontiac Aztec

    O‘tgan asrning 90-yillarida bir paytlari dong taratgan Pontiac'da ishlar orqaga keta boshladi. Bu holatdan faqat noodatiy, ovoza bo‘ladigan model ishlab chiqarishgina qutqarishi mumkin edi. Ushbu savdo belgisi egasi bo‘lgan GM konserni tavakkal qildi va Aztec krossoverini chiqarishga qo‘l urdi. Chindan ham mashina haqida hamma gapira boshladi, biroq afsuski, konsern kutgan ohanglarda emas. Aztec ishlab chiqarish besh yil davom etdi va 2005-yili konveyerdan olib tashlandi.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    2. Lamborghini LM002

    Italiyaning Lamborghini kompaniyasi o‘z faoliyatini traktor ishlab chiqarishdan boshlagan. 80-yillar o‘rtalarida kompaniya o‘zining birinchi (keyin ma’lum bo‘lganidek, oxirgi ham) yo‘ltanlamas avtomobilini ommaga taqdim etdi. Mahluqlarga o‘xshash qo‘rqinchli qiyofaga ega mashina bunday narslarga o‘ch arab shayxlarinigina qiziqtira oldi, xolos.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    3. SsangYong Rodius

    Janubiy Koreyaning SsangYong kompaniyasi dizayn borasidagi doimiy tajribalari bilan nom chiqargan. Rodius miniveni ularning orasida eng omadsizi bo‘lsa ajab emas. Na keng salon, na yurganda yaxshigina taassurot qoldirishi antiqa ko‘rinishi oqibatida hosil bo‘lgan salbiy tasavvurni o‘zgartira olmadi.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    4. FIAT Multipla

    90-yillar o‘rtalarida Italiya konserni 1956-yildan to 1969-yilgacha chiqarilgan olti o‘rinli, biroq ixchamgina oilaviy avto – Multipla’ni bozorga qaytarishga qaror qildi. Ammo mikrovenning noan’anaviy qiyofasi shuncha urinishni yo‘qqa chiqardi.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    5. Reliant Robin

    Janob Bin to‘g‘risidagi filmlar muxlislari Austin Mini minib olgan qahramonning uch g‘ildirakli antiqa avtomobil bilan muntazam tortishuvini yaxshi eslasa kerak. Bu mashina Reliant firmasiga tegishli – korxona dizayni bilan maqtanish amrimahol bo‘lgan uch g‘ildirakli ikkita modelga qo‘l urgan: Regal (aynan u mashhur serialda namoyon bo‘lgan) va Robin. Ikkala mashina o‘zlarida ishlab chiqarilgan oddiy buyumni ham ardoqlaydigan britaniyaliklar uchun latifalarning doimiy mavzusiga aylangan.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    6. Citroen C4 Pallas

    Xitoy avtodizayni olami ham o‘ziga xos: ba’zan ular nimani yomonroq amalga oshirishini ham tushunmay qolasan – o‘zlarining avtomobillarini ishlab chiqarishmi yoki xorij mashinalaridan nusxa ko‘chirish. Ikkinchi variantga yaqqol misol – xitoyliklar o‘zgartirgan Citroen C4.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    7. Renault Clio Symbol

    1999-yilda Renault kompaniyasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun arzon avtomobillar chiqarishni rejalashtirdi va uzoq o‘ylab o‘tirmay Clio xetchbekini sedanga aylantirib qo‘ya qoldi. Balki shu tufayli mashinaning yukxona qismi beo‘xshov chiqqandir. Qizig‘i, uchinchi dunyo davlatlari ushbu modelni aynan uncha-muncha yukni ko‘rdim demaydigan katta yukxonasi uchun yoqtirib qoldi.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    8. Ford Edsel

    Bir qarashda arzimasdek tuyulgan kichik unsur ham modelning qiyofasi, bozorda ketish-ketmasligini hal qilishi hech gap emas. Bu avtoda shunday qism sifatida radiator panjarasini ko‘rsatish mumkin.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    9. Tatra T87

    Chexiyalik Irji Ganzelka va Miroslav Zikmundning safarlari bahsli qiyofasi tufayli tarafdorlari bilan birga ashaddiy dushmanlariga ham ega bo‘lgan mashina dovrug‘ini dunyoga yoydi: 40-yillarda ular T87’da Afrikanining inson qadami yetmagan hududlarini ham kezib chiqdi.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua

    10. Citroen 2CV

    Bu model Ikkinchi jahon urushi endigina yakunlangan, mablag‘ taqchil bo‘lgan yillarda chiqarila boshlagan. Kichkina, tor, sodda va arzon. Odmigina qiyofasi uchun unga “irkit o‘rdakcha” degan laqab ham qo‘yishgandi.

    Foto: auto.tsn.ua

    Foto: auto.tsn.ua
    19.07.2015, 15:01   Izoh (0)   38910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalari prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    17.07.2015, 15:39

    Chevrolet Tracker haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishing

    16.07.2015, 10:04

    Toshkent markazidagi yo‘l ko‘rsatkichda Shahrisabz ko‘chasi noto‘g‘ri yozib qo‘yildi

    15.07.2015, 17:04

    Volkswagen Golf yoqilg‘i tejash bo‘yicha rekordni yangiladi

    10.07.2015, 20:25

    Mercedes-Benz avtomatik parkovka tizimini namoyish etdi (video)

    10.07.2015, 20:22

    “O‘ta tezkor” Lamborghini rodsterining ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi (foto)

    09.07.2015, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00

    Kastingdan o‘tgan bo‘lsa-da filmda rol ijro etish huquqidan mahrum etilgan aktyorlar

    Kino | 2 iyul, 17:59

    Qashqadaryoda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazgan tenderi bekor qilindi — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:49

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:30

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:20

    Bokuda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:14

    “Arsenal” “Sporting” hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 2 iyul, 17:09

    Ozarbayjon rus tilidagi maktablarni yopishni boshlaydi

    Dunyo | 2 iyul, 17:05

    AQSHda ayol ChatGPT yordamida 23 ming dollarlik kredit qarzidan qutuldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.