Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Blerga tegishli Portland Communications firmasi tomonidan The Soft Power 30 (“Yumshoq kuch o‘ttizligi”) nomli nufuzli xalqaro reyting e’lon qilindi, deb xabar bermoqda The Economist.
“Yumshoq kuch” (soft power) atamasi 1990-yilda Garvard universiteti professori Jozef Nay tomonidan muomalaga kiritilgan bo‘lib, davlatning o‘z siyosati, madaniyati, brendlari, ta’lim tizimi, imiji va boshqa shunga o‘xshash omillari orqali xalqaro munosabatlarga va boshqa mamlakatlarga ta’sir o‘tkazish mahoratini anglatadi.
Bu yilgi reytingda ham dastlabki o‘rinlarni an’anaviy yetakchilar – Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh egallagan. Kuchli o‘nlikka Fransiya, Kanada, Avstraliya, Shveysariya, Yaponiya va Niderlandiya kirgan.
O‘ttiztalik reytingdan joy olgan qolgan mamlakatlar quyidagilar: Daniya, Italiya, Avstriya, Ispaniya, Finlandiya, Yangi Zelandiya, Belgiya, Norvegiya, Irlandiya, Janubiy Koreya, Singapur, Portugaliya, Braziliya, Polsha, Gretsiya, Isroil, Chexiya, Turkiya, Meksika va Xitoy.
Izoh (0)