Sayyohlarning ko‘plab iltimoslarini inobatga olib, dunyoda tog‘ turizmi uchun eng ommalashgan joylardan biri — Yaponiyaning Fudzi tog‘ida Wi-Fi’dan foydalanish nuqtalari o‘rnatildi. Bu haqda “3dnews.ru” xabar bermoqda.
Fudzida simsiz Internetdan foydalanish nuqtalarini joylashtirish loyihasidan asosan ikki maqsad ko‘zda tutilgan. Birinchisi — sayyohlarni ular ko‘nikib qolgan raqamli muhit bilan ta’minlash, ikkinchisi esa ularga ob-havo holatidan uzluksiz xabardor bo‘lib turish imkoniyatining yaratilishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lum qilish.
Wi-Fi’dan u faollashtirilganidan so‘ng 72 soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)