Tailandning Prachuab Kirikxan qishlog‘ida yashovchi fermer Xua Xin shahri yaqinida 15-iyul, chorshanba tongida o‘lik holda topilgan uchta fildan iborat fillar oilasini o‘ldirganligini tan oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Fillar bir xil holatda, xuddi bir-birining ortidan ketayotib birdaniga o‘lib qolgandek yotgan. Fillarning tanasida jarohatlanish belgilarini ko‘rmagan tergov organi xodimlari, dastlab ularni dalaga ishlov berilgan kimyoviy vositalardan zaharlangan, degan xulosaga keldi. Biroq, fillar yaqinidagi hovuz atrofidan yalang‘och elektr simi topildi.
Yer maydonida hovuz joylashgan fermer, Sompxong Yapxak, har kuni bu yerga suv ichish va cho‘milish uchun keluvchi fillarning suv “o‘g‘irlamasligi” uchun havzani elektr sim bilan aylantirib chiqqanligini tergov davomida tan oldi.
Tailand qonunchiligi bo‘yicha, qo‘riqlanadigan hayvonlarni o‘ldirganlikning har bir holati bo‘yicha fermerga to‘rt yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.
Izoh (0)